Nazirjon Nabijonovich Hasanov «O‘zbektelekom» bosh direktori v. b. etib tayinlandi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning kompaniyadagi axborot manbasi. U may oyidan buyon «O‘zbektelekom"ning davlat organlari bilan o‘zaro aloqalar bo‘yicha direktori bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Nazirjon Hasanov (1970 y. t.) — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (2002) va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy Biznes Maktabini tamomlagan (2012).

1991−2005 yillarda «Andijon Telekom» filialida muhandis bo‘lib ishlagan. 2005 yildan 2008 yilgacha «O‘zbektelekom» AK direktori birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2008 yildan 2014 yilgacha «O‘zbektelekom» AK bosh direktorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2015 yildan 2017 yilgacha «O‘zbektelekom» AK texnik direktori lavozimida ishlagan. 2017 yilda «O‘zbektelekom» AK «Bosh kommutatsiya markazi» filiali direktori lavozimida ishlagan.

Bu milliy telekom-operatorda joriy yildagi uchinchi rahbar almashishi. Fevralda bosh direktor lavozimiga Shuhrat Qodirov o‘rniga Farhod Roziyev tayinlanib, avgustda yana Shuhrat Qodirov rahbar bo‘lgan edi.