10 sentyabrdan GM Uzbekistan Captiva rusumli avtomobillarni yetkazib berishga shartnoma olishga arizalarni ro‘yxatga olishni to‘xtatadi, deya xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Qaror General Motors korporatsiyasining modellar safini yangilash bo‘yicha global strategiyasiga muvofiq qabul qilindi.

«GM Uzbekistan» AJ dillerlik korxonalari bilan birgalikda «Chevrolet Captiva» rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar uchun iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini yil oxirigacha to‘liq yetkazib berilishini ta’minlaydi", — deyiladi xabarda.

Captiva modeli O‘zbekiston bozoriga 2007 yilda kirib kelgan. Ilk bor Captiva avtomobilini O‘zbekistonda yirik tarmoqli yig‘ish 2007 yilning oktyabr oyidan boshlangan. 2011 yilning sentyabr va 2017 yilning fevral oylarida avtomobilning yangilangan modeli chiqarilgan.

Iyunda «O‘zavtosanoat» sobiq boshqaruvi raisi Umidjon Salimov (hozirda — rais o‘rinbosari — tahr.) Captiva krossoveri yil so‘ngiga qadar ishlab chiqarishdan olinishini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, avvalroq 2018 yilda uning o‘rniga Tracker yo‘ltanlamasini seriyali ishlab chiqarish boshlanishi haqida xabar berildi.