21 avgust kuni O‘zbekistonning YUNESKOdagi elchisi etib tayinlangan Umid Shodiyev Toshkentdan Parijga uchib ketdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Bunga qadar Umid Shodiyev Nyu-Yorkda BMT qoshidagi O‘zbekistonning doimiy vakolatxonasida maslahatchi bo‘lib ishlagan.

Ilgari (2008 yildan) O‘zbekistonning YUNESKOdagi elchisi sifatida Lola Karimova-Tillayeva faoliyat ko‘rsatgan. U mazkur lavozimni tark etishi haqida 2 fevralda ma’lum qilgan.