O‘zbekiston Respublikasi sobiq MXX tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan O.Busiginga nisbatan 2018 yilning 6 iyun sanasida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O.Busiginga nisbatan sirtdan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilib, unga qidiruv e’lon kilingan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Hozirgi kunda mazkur jinoyat ishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.