19 iyul kuni Toshkentning Bektemir tumaniga Mamajonov Shohrux Baxtiyorovich hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shohrux Mamajonov bunga qadar Yunusobod tumanidagi «SURE STEP» xususiy korxonasi bosh direktori lavozimida ishlagan.

Bektemir tumanining yangi hokimi 1984 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan (2010).

2010−2014 yillarda «RAV EKSPRESS» ma’suliyati cheklangan jamiyati huquqshunos-maslahatchi lavozimida ishlagan.