Baxtiyor Sultonovich Hamidov O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi bosh direktori bo‘ldi, deya xabar qilindi «Gazeta.uz"ga O‘BAdan. Ushbu lavozimga u assotsiatsiyaga 2005 yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Saydullo Abdullayev o‘rniga tayinlandi.

72 yoshli Baxtiyor Hamidov avval bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — moliya vaziri (1994−1998), makroiqtisodiyot va statistika vaziri (2000 yilgacha), Qashqadaryo viloyati hokimi (2000−2002), shuningdek «O‘zuyjoyjamg‘armabank» (hozirgi «Ipoteka bank») raisi lavozimida ishlagan.

O‘BA nizomiga muvofiq, bosh direktor O‘BAga a’zo davlatlar vakillaridan iborat assotsiatsiya kengashi tomonidan lavozimga tayinlanib, vazifasidan ozod etiladi.