O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirovga nisbatan Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

23 fevral kuni Rashitjon Qodirov O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Rashitjon Qodirov 2000—2015 yillarda bosh prokuror lavozimida ishlagan, 2015−2017 yillarda Konstitutsion sud sud’yasi bulgan.