Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Slovakiyaning yangi elchisi Yan Borini qabul qildi. 24-yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Slovakiyaning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Yan Borini qabul qildi.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, elchi ishonch yorliqlari nusxasini taqdim etdi.

Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Slovakiya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro savdoni kengaytirish, raqobatbardosh mahsulotlarni yetkazib berish uchun katta salohiyatga egaligi va shu sababli O‘zbekiston va Slovakiya ishbilarmon vakillari o‘rtasida biznes aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanligi ta’kidlangandi.