O‘zbekiston Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi 2018 yil 1 yanvardan alkogolli mahsulotlar uchun yangi eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni tasdiqladi.

Ishlab chiqaruvchilar uchun vinoning eng kam ulgurji-sotish narxini 1 litr uchun 5400 so‘mdan 6500 so‘mga, eng kam chakana narxi esa 6500 so‘mdan 7800 so‘mga (20 foiz) oshirildi.

Aroq va o‘tkir alkogol mahsulotlari uchun ulgurji-sotish narx avvalgi 12,9 ming so‘m o‘rniga eng kamida 16 ming so‘m, chakana narx esa 15500 so‘m o‘rniga 19,2 ming so‘m qilib belgilandi.

Konyakning eng kam ulgurji-sotish narxi 17,2 ming so‘mdan 22 ming so‘mga, chakana narxi esa 20,6 ming so‘mdan 26,4 ming so‘mga (28 foiz) oshirildi.

Alkogol mahsulotlarini ushbu narxlardan past baholarga sotish taqiqlanadi.