O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Xorazm va Buxoro viloyatlariga yangi IIB boshliqlarini tayinladi, deb xabar qildi IIVning «Postda» gazetasi.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga polkovnik Shavkat Rahmonov tayinlandi. Bunga qadar mazkur lavozimda 18 mart kuni O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlangan Rustam Jo‘rayev faoliyat ko‘rsatgan.

Buxoro viloyati IIBga podpolkovnik Shuhrat Aliyev boshliq bo‘ldi.

Bundan tashqari, ikki viloyatda IIB boshlig‘i o‘rinbosari — yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshliqlari ham o‘zgardi. Andijon viloyatida mazkur lavozimga podpolkovnik Sirojiddin Nazirxonov, Namangan viloyatida esa podpolkovnik Omonjon Tojiboyev tayinlandi.

Toshkent viloyati IIBda boshliqning birinchi o‘rinbosari — Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Saidkarim Alimov tayinlandi.