16−29-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan Avstraliya Ochiq chempionatida O‘zbekiston vakili Denis Istomin (dunyo reytingida 117-o‘rin) jahonning ikkinchi raqamli raketkachisi Novak Jokovichni 7/6(10), 5/7, 2/6, 7/6(6), 6/4 hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi.

4 soatu 48 daqiqa davom etgan uchrashuvda 30 yoshli o‘zbekistonlikdan vinner bo‘yicha ustun keldi (68−63), biroq ko‘proq xatolarga yo‘l qo‘ydi (72−60). Istomin hisobida 17 ta eys bo‘lsa, Jokovichda 14 ta.

Qayd etish joizki, Australian Open musobaqasining olti karra g‘olibi Novak Jokovich ilk bor “Katta dubulg‘a” musobaqalarida dunyo reytingining kuchli yuztaligidan o‘rin olmagan o‘yinchisidan ilk bor mag‘lubiyatga uchradi.

20-yanvar kuni chempionatning uchinchi doirasida Istomin ispaniyalik Pablo Karreno-Busta (31) bilan o‘ynaydi.