Toshkent va Buxoroda Turkmaniston madaniyat kunlari bo‘lib o‘tadi. Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ular O‘zbekiston hukumatining 4-noyabrdagi topshirig‘iga binoan o‘tkaziladi.

7-noyabr kuni Turkmaniston madaniyat vaziri o‘rinbosari Atageldi Shamuradov boshchiligidagi Turkmaniston delegatsiyasi Buxoroning diqqatga sazovor maskanlarini tomosha qildi, 8-noyabrda esa O‘zbekiston Madaniyat va sport vazirligida uchrashuv o‘tkazdi.

Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida Turkmaniston madaniyat kunlarining ochilish tantanasi o‘tkaziladi.

9-noyabrda poytaxtda amaliy san’at va muzey ko‘rgazmasi, yozuvchi va shoirlari uchrashuvi, konsert va turkman filmlari namoyishi bo‘lib o‘tadi. 10-noyabrda esa Buxoroda turkman kinofilmlari namoyishi o‘tkaziladi.