22 sentyabr kuni Olimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston paralimpiya termasini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikramov va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Mirabror Usmonov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi. Faxriy mehmonlar Paralimpiya g‘olib va sovrindorlariga pul mukofoti sertifikatlari hamda «Malibu» avtomobili kalitlarini taqdim etdi.

Sportchilar nomidan suzuvchi Fotimaxon Amilova, dzyudochi Feruz Saidov, yengil atletikachi Miran Saxatov hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Umid Ahmedjanov so‘zga chiqib, rahbariyat va O‘zbekiston xalqiga minnatdorchilik bildirdi.

XV yozgi Paralimpiya o‘yinlari Rio-de-Janeyroda 18 sentyabrda o‘z yakuniga yetdi. 32 kishidan iborat O‘zbekiston sport delegatsiyasi 31 medal bilan medallar soni bo‘yicha 16-o‘rinni band etdi.

Foto

Foto: telegram.me/OlympicUz

Foto: telegram.me/OlympicUz