Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2026 ikkinchi saralash bosqichining uchinchi tur o‘yinida Gonkong terma jamoasini mag‘lub etdi. 21-mart kuni Gonkongda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 0:2 hisobida yakunlandi.

O‘yinda hisob 4-daqiqadayoq ochildi. Jarohatdan tuzalib qaytgan hujumchi Eldor Shomurodov (jarohat sabab Osiyo Kubogini o‘tkazib yuborgandi) o‘ng qanotdan uzatma olib, to‘pni darvozaga yo‘lladi. Biroq hakam o‘zbekistonlik futbolchi to‘pni qo‘li bilan tutgan, deb hisobladi va shu sabab gol bekor qilindi.

10-daqiqada Shomurodov boshi bilan zarba yo‘lladi, ammo darvozabon seyvni amalga oshirdi. 21-daqiqada terma jamoa sardori yana gol urishi mumkin edi, ammo to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Italiyaning “Kalyari” klubida ijara asosida to‘p surayotgan Shomurodov ikkinchi bo‘limda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 49-daqiqada Aziz Turg‘unboyev o‘ng qanotdan to‘pni uzatib, uzoq burchakka zarba berdi. Uni Shomurodov darvozaga joyladi.

66-daqiqada himoyachi Rustam Ashurmatov burchak to‘pidan gol urdi. Bir necha daqiqa o‘tib, u gol urish vaqtida olgan jarohati tufayli maydonni tark etdi.

Umumiy hisobda O‘zbekiston terma jamoasi 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinda, to‘plar farqi evaziga Eron peshqadam (7). Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda Gonkong (1) va Turkmaniston (1) terma jamoalari ketmoqda.

Statistika

2026-yilgi jahon chempionati saralashi, futbol, gonkong
Kompozitsiyalar

2026-yilgi jahon chempionati saralashi, futbol, gonkong

Video

Surat