Sport

Para Osiyo o‘yinlari: 3-kunda o‘zbekistonliklar yana 16 ta medal oldi
26 oktabr 2023, 11:14

Para Osiyo o‘yinlari: 3-kunda o‘zbekistonliklar yana 16 ta medal oldi

Para Osiyo o‘yinlarining 3-kunida O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta medal olib, umumiy medallari sonini 54 taga yetkazdi. Eng ko‘p sovrinlarni para yengil atletika, para taekvondo va para dzyudochilar qo‘lga kiritdi. Jamoa turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

Para Osiyo o‘yinlarida ilk marta qatnashgan o‘zbekistonlik kanoechilar 6 ta oltin oldi
25 oktabr 2023, 11:12

Para Osiyo o‘yinlarida ilk marta qatnashgan o‘zbekistonlik kanoechilar 6 ta oltin oldi

Para Osiyo o‘yinlarining 2-kunida 18 ta medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumiy ro‘yxatda 4-o‘rinda bormoqda. Para kanoe bahslarida ilk bor ishtirok etgan jamoaning barcha 6 nafar a’zosi oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Para Osiyo o‘yinlari: o‘zbekistonlik parasportchilar bir kunda 20 ta medal oldi
24 oktabr 2023, 11:40

Para Osiyo o‘yinlari: o‘zbekistonlik parasportchilar bir kunda 20 ta medal oldi

Xanchjou shahrida o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarining 1-kunida O‘zbekiston terma jamoasi 20 ta medalga ega chiqdi. Eng ko‘p sovrin para kanoye, para dzyudo, para yengil atletika va para taekvondo sport yo‘nalishlarida olindi.

O‘zbekiston velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiadaga 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
19 oktabr 2023, 11:18

O‘zbekiston velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiadaga 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston velosport bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiadada ishtirok etish uchun to‘rtta — ayollar terma jamoasi uchta, erkaklar jamoasi esa bitta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Sog‘lom turmush tarzi va fitnes assotsiatsiyasi tashkil etilib, unga rahbar saylandi
19 oktabr 2023, 10:19

Sog‘lom turmush tarzi va fitnes assotsiatsiyasi tashkil etilib, unga rahbar saylandi

O‘zbekistonda Sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi. Assotsiatsiyaga Prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov rais etib saylandi. Alisher Sa’dullayev unga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi.

Futbol: O‘zbekiston Xitoyni yutdi
17 oktabr 2023, 11:43

Futbol: O‘zbekiston Xitoyni yutdi

O‘zbekiston futbolchilari o‘rtoqlik uchrashuvida Xitoy terma jamoasini mag‘lub etdi. Bu terma jamoaning 3 yil ichida ilk safardagi g‘alabasi (video, foto, statistika).

O‘zbekistonda Sumo federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tdi
15 oktabr 2023, 17:22

O‘zbekistonda Sumo federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tdi

Adliya vazirligi O‘zbekiston Sumo federatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Kamol Usmonov uning raisi etib saylandi.

Xitoydagi taekvondo gran-prisida 5 o‘zbekistonlikning 4 nafari medal oldi
12 oktabr 2023, 18:04

Xitoydagi taekvondo gran-prisida 5 o‘zbekistonlikning 4 nafari medal oldi

Xitoyda Osiyo o‘yinlaridan 2 kun o‘tib boshlangan taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha gran-pri musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 3 ta bronza medalga ega chiqdi: Madinabonu Mannopova, Ulug‘bek Rashitov, Jasur Jaysunov uchinchi, Nikita Rafalovich esa ikkinchi o‘rinni oldi.

Prezident Osiyo o‘yinlari tarixida eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilarni tabrikladi
9 oktabr 2023, 12:05

Prezident Osiyo o‘yinlari tarixida eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida 71 ta medalga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabriklab, oltin medallarning yarmini qizlar qo‘lga kiritganidan mamnunligini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, 2024-yilda Parijda o‘tadigan Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 71 ta medal bilan yakunladi
8 oktabr 2023, 12:12

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 71 ta medal bilan yakunladi

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarini 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza — jami 71 ta medal bilan beshinchi o‘rinda yakunladi.

Bahromjon Gaziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi
8 oktabr 2023, 10:31

Bahromjon Gaziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti etib tasdiqlandi.

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi
7 oktabr 2023, 22:30

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Gonkongni mag‘lub etib, 1994-yildan buyon ilk bor Osiyo o‘yinlari medalini qo‘lga kiritdi (video, foto).

O‘zbekiston sportchilari Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida yana 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
6 oktabr 2023, 19:27

O‘zbekiston sportchilari Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida yana 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi yana ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Milliy terma jamoa 63 ta medal bilan medallar jadvalida beshinchi o‘rinni saqlab qoldi.

Uch nafar o‘zbekistonlik bokschi Osiyo o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi
5 oktabr 2023, 18:50

Uch nafar o‘zbekistonlik bokschi Osiyo o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi

Xitoyda davom etayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana 3 ta oltin va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Boks bo‘yicha terma jamoa a’zolari Xasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalokov va Bahodir Jalolov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘ldi
4 oktabr 2023, 19:47

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Milliy terma jamoa bronza medali uchun Gonkongga qarshi bahs olib boradi.

O‘zbekiston terma jamoasi Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida yana 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
4 oktabr 2023, 19:36

O‘zbekiston terma jamoasi Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida yana 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

Xitoyda davom etayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida yana oltita medalni qo‘lga kiritdi
2 oktabr 2023, 21:43

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida yana oltita medalni qo‘lga kiritdi

Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi medallari soni yengil atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda kurash bo‘yicha muvaffaqiyatli chiqishlar evaziga 43 taga yetdi. Biroq milliy terma jamoa turnir jadvalida beshinchi o‘rindan oltinchi o‘ringa tushdi.

O‘zbekiston futbolchilari 1994-yildan buyon ilk bor Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi
1 oktabr 2023, 15:29

O‘zbekiston futbolchilari 1994-yildan buyon ilk bor Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. O‘zbekiston terma jamoasi oxirgi marta 1994-yilda turnirning ushbu bosqichiga chiqqan (+gollar videosi).

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqdi
30 sentabr 2023, 19:13

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoy Taipeyi ustidan g‘alaba qozonib, Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi. G‘alaba goli qo‘shimcha vaqtda kiritildi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida 32 ta medal bilan 6-o‘rinda
29 sentabr 2023, 18:34

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida 32 ta medal bilan 6-o‘rinda

2023-yilgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik qilichboz qizlar ilk marta oltin medalga ega chiqdi. O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 32 ta medal bilan 6-o‘rinda bormoqda: 7 ta oltin, 10 ta kumush, 15 ta bronza. Sovrindorlar ro‘yxati.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting