Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar (Olimpiya) terma jamoasi Osiyo o‘yinlari chorak finalida Saudiya Arabistoni terma jamoasini mag‘lub etdi. 1-oktabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvning 24-daqiqasida o‘zbekistonliklar raqib maydoni yarmida to‘pni egallab olganidan so‘ng yarim himoyachi Saidazamat Mirsaidov hujumni gol bilan yakunladi.

Birinchi bo‘lim oxirida darvozabon Vladimir Nazarov golli uzatmani amalga oshirdi. 44-daqiqada u to‘pni oldinga tepdi, maydon markazidagi raqiblar to‘pni boshqara olmadi. Natijada hujumchi Alisher Odilov tezlik bilan harakatlanib, darvozabonni aldab o‘tib, darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda Saudiya Arabistoni terma jamoasi hujumchisi Muhammad Maran hisobdagi farqni qisqartirgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston g‘alabani qo‘lga kiritib, 1994-yildan beri ilk bor Osiyo o‘yinlari yarim finaliga yo‘l oldi. Keyin terma jamoa finalda Xitoyni mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylangandi.

Bosh murabbiy Timur Kapadze shogirdlari yarim finalda Xitoy — Janubiy Koreya juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.

Foto

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari

фuтбол, осиё o‘yinlari