4-oktabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha yana 3 ta medal — 2 ta oltin va 1 bronzani qo‘lga kiritib, medallar jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jalgasbay Berdimuratov (-87 kg) O‘zbekiston delegatsiyasiga 15-oltin medalni olib berdi. Polvon final bahsida eronlik Nosir Alizodani mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

17 yoshli sportchi Sharifa Davronova ham oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uch hatlab sakrash dasturida o‘zbekistonlik 17 yoshli sportchi qayd etgan 14,09 m natijani hech bir ishtirokchi yangilay olmadi va Davronova Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

осиё o‘yinlari, oltin medal

Bronza medalni esa 80 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi To‘rabek Habibullayev qo‘lga kiritdi. Xitoylik Tanglatixan Tuxtarbekka qarshi kechgan jang ring mezbonlari vakili foydasiga hal bo‘ldi.

осиё o‘yinlari, oltin medal