Ilk marta O‘zbekiston vakili bo‘lgan Bahromjon Gaziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining ot sporti musobaqalari o‘tkazilgan Tognlu shahrida Osiyo ot sporti federatsiyasining navbatdan tashqari Bosh assambleyasida federatsiya vitse-prezidentlarini saylash masalasi ko‘rib chiqilgan.

Lavozimga nomzodlar orasida Xitoy, BAA, Janubiy Koreya, Liviya va Eron vakillari qatori O‘zbekistondan nomzod ilgari surilgan. Shuningdek, Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga Yaponiya, Janubiy Koreya va Liviya vakillari ham tasdiqlangan.

Bahromjon Gaziyev ayni paytda Yevroosiyo ot sporti assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi sifatida ishlab kelmoqda.