O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov 7−12-may kunlari Varshava shahrida bo‘lib o‘tadigan Superbet Rapid & Blitz Poland 2024 turnirida ishtirok etadi.

Superbet Rapid & Blitz Poland superturnir bo‘lib, sovrin jamg‘armasi 175 ming dollarni tashkil qiluvchi bu yilgi Grand Chess Tour seriyasining birinchi bosqichidir.

Turnirda: jahon reytingi yetakchisi va turnirning amaldagi g‘olibi norvegiyalik Magnus Karlsen (reyting — 2830, 1-o‘rin), o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov (2765, 5-o‘rin), hindistonlik Dommaraju Gukesh (2763, 6-o‘rin), hindistonlik Erigaisi Arjun (2761, 8-o‘rin), xitoylik Vey Yi (2755, 10-o‘rin), hindistonlik Rameshbabu Pragnanandha (2747, 14-o‘rin), gollandiyalik Anish Giri (2745, 15-o‘rin), polshalik Yan-Kshishtof Duda (2733, 18-o‘rin), germaniyalik Vinsent Kaymer (2726, 26-o‘rin), ruminiyalik Kirill Shevchenko (2677, 56-o‘rin) ishtirok etadi.

Turnir davra bo‘yicha o‘tkaziladi. Rapid bo‘yicha birinchi bosqichda g‘alaba uchun 2 ochko, durang uchun 1 ochko, ikkinchi bosqichda blitsdagi g‘alaba uchun 1 ochko va durang uchun 0,5 ball beriladi.

Rapidda har bir harakat uchun 25 daqiqa + 10 soniya, blitsda — har bir harakat uchun 5 daqiqa + 2 soniya. Besh kun davomida jami 135 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan TePe Sigeman 2024 turnirida g‘olib chiqqan edi.

Grand Chess Tour, нодирбек абдусатторов, шахмат

U, shuningdek, Nomzodlar turniriga (FIDE Circuit) saralash bo‘yicha yillik reytingda ham birinchi o‘rinda turadi.