Siyosat

Ekologiya sohasidagi 30 nafar hokim o‘rinbosari va vazirlik mas’uli jazolandi
29 mart 2024, 10:21

Ekologiya sohasidagi 30 nafar hokim o‘rinbosari va vazirlik mas’uli jazolandi

“Yashil makon” doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindi bilan ishlash tizimiga javobgar 30 nafar mas’ul jazolandi. 4 ta tuman hokimi o‘rinbosarlari ishdan olindi. Qolganlariga hayfsan berildi. Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.

Alisher Xodjayev Kinematografiya agentligi direktoriga o‘rinbosar etib tayinlandi
29 mart 2024, 00:04

Alisher Xodjayev Kinematografiya agentligi direktoriga o‘rinbosar etib tayinlandi

Fevral oyida MTRK raisligidan ketgan Alisher Xodjayev Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. “Umid qilamizki, u erishilgan muvaffaqiyatlarning yanada oshishi, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda bor kuch, bilim va tajribasini sarflaydi”, — deb yozdi madaniyat vaziri.

“Shengen Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin” — YI delegatsiyasi rahbari
28 mart 2024, 22:41

“Shengen Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin” — YI delegatsiyasi rahbari

Yevroittifoqning Toshkentdagi delegatsiyasi 31-martdan boshlab Bolgariya va Ruminiya Shengen hududi tarkibiga kirishini bildirdi. “Shengen YIning eng qimmatbaho gavhari bo‘lib qolmoqda, u Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin”, — dedi YI elchisi Sharlotta Adrian.

Prezident Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni hukumati rahbarini qabul qildi
28 mart 2024, 20:13

Prezident Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni hukumati rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati xalq hukumati raisi Erkin Tuniyazni qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston viloyatlari va SHUAR o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xitoy bilan o‘zaro savdo hajmining qariyb 10 foizi ushbu mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi.

Senatning 51-yalpi majlisi 30-mart kuni bo‘lib o‘tadi
28 mart 2024, 15:15

Senatning 51-yalpi majlisi 30-mart kuni bo‘lib o‘tadi

Senatning ellik birinchi yalpi majlisi 30-mart kuni o‘tkaziladi. Unda “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, sud faoliyati yuzasidan va boshqa qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish muhokama qilinadi. Shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)ning 2023-yildagi faoliyati bo‘yicha hisoboti eshitiladi.

Prezident AQSh delegatlari bilan hamkorlik loyihalarini muhokama qildi
27 mart 2024, 19:47

Prezident AQSh delegatlari bilan hamkorlik loyihalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni AQSh senatori Stiven Deyns va Vakillar palatasi qo‘mitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari — ta’lim, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi va tog‘-kon sanoatini muhokama qildi.

Hindiston elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi
27 mart 2024, 11:23

Hindiston elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi

2020-yildan buyon Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida ishlab kelgan Manish Prabxat mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunladi.

Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi bo‘ldi
26 mart 2024, 12:47

Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi bo‘ldi

Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi yangi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar Jidda shahridagi bosh konsul bo‘lib ishlagan.

Prezident Namanganda iftorlikda ishtirok etdi (foto, video)
25 mart 2024, 23:13

Prezident Namanganda iftorlikda ishtirok etdi (foto, video)

Shavkat Mirziyoyev Namanganda iftorlik marosimida ishtirok etib, yer yuzida tinchlik-osoyishtalik bo‘lishini niyat qildi va “Dinimizda belgilab berilgan to‘g‘ri yo‘ldan og‘ishmaylik, ayni paytda zamon bilan hamnafas yashaylik”, deb duo qildi. Foto va video.

Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
25 mart 2024, 14:31

Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

2025-yil Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Senati raisi Tanzila Narbayeva ittifoq raisi Tuliya Ekson bilan uchrashuvda assambleya hamda uning tegishli majlislarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqdi.

Bosh vazir Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi
25 mart 2024, 10:41

Bosh vazir Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston bosh vaziri Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga borib, Moskva viloyatida yuz bergan terakt munosabati bilan Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi. Bir qator vazirlar va parlament palatalari rahbariyati vakillari ham hamdardlik kitobiga o‘z yozuvlarini qoldirdi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashdi
23 mart 2024, 15:59

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashdi

O‘zbekiston prezidenti Rossiya prezidenti bilan telefon orqali muloqotda hamdardlik bildirdi va zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi. Davlat rahbarlari ikki mamlakat xavfsizligi va barqarorligiga tahdid bo‘lgan kuchga qarshi kurashishga kelishib oldi.

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi
23 mart 2024, 13:57

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

2018-yilning may oyidan beri O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi bo‘lib ishlab kelgan Ulug‘bek Maqsudov o‘z diplomatik missiyasini yakunladi.

Moskvadagi teraktda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmadi — elchixona
23 mart 2024, 01:17

Moskvadagi teraktda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmadi — elchixona

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Moskva viloyatidagi “Krokus siti holl” binosida ro‘y bergan portlash va otishmada jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qildi. Diplomatik missiya huquq-tartibot idoralari bilan aloqada, deyiladi xabarda.

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi terakt munosabati bilan Vladimir Putinga ta’ziya yo‘lladi
23 mart 2024, 01:04

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi terakt munosabati bilan Vladimir Putinga ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi terakt munosabati bilan Rossiya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi. Maktubda mamlakat tinch aholiga qarshi terrorchilik harakatini keskin qoralashi qayd etildi.

O‘zbekiston TIV Moskvadagi teraktni qoraladi
23 mart 2024, 00:56

O‘zbekiston TIV Moskvadagi teraktni qoraladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi teraktni qoraladi. “Terrorizmni oqlab bo‘lmaydi, biz begunoh fuqarolarga nisbatan qilingan zo‘ravonlikni bir ovozdan rad etishga chaqiramiz”, — deyiladi bayonotda.

Shavkat Mirziyoyev xalqni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
21 mart 2024, 14:29

Shavkat Mirziyoyev xalqni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

Prezident Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi o‘zgarishlar, inson sha’ni va qadr-qimmati, tabiatga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani, shuningdek, O‘zbekistonni tadbirkorlik uchun eng qulay va jozibador davlatlardan biriga aylantirish borasidagi rejalarni alohida ta’kidlab o‘tdi.

Prezident MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayevga xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi unvonini berdi
20 mart 2024, 09:45

Prezident MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayevga xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi unvonini berdi

Markaziy saylov komissiyasi raisi, O‘zbekiston Qahramoni Zayniddin Nizomxo‘jayev tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston va Gambiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
19 mart 2024, 15:13

O‘zbekiston va Gambiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

G‘arbiy Afrikadagi Gambiya davlati O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 148-davlat bo‘ldi. Hukumatlar nomidan tegishli kommyunike ikki davlatning BMTdagi doimiy vakillari tomonidan Nyu-Yorkda imzolandi.

“O‘zbekiston amerikaliklarga viza berishni yengillashtirishi kerak. Bundan faqat o‘zbekistonliklar yutadi”
19 mart 2024, 12:55

“O‘zbekiston amerikaliklarga viza berishni yengillashtirishi kerak. Bundan faqat o‘zbekistonliklar yutadi”

Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolariga AQSh 10 yillik viza beradi, ammo O‘zbekiston fuqarolariga beriladigan viza muddati bir yildan oshmaydi. Chetdan bu AQShning adolatsizligidek ko‘rinishi mumkin, ammo, iqtisodchi Behzod Hoshimovning yozishicha, bu masala yechimi AQSh emas, aynan O‘zbekistonning qo‘lida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting