Shavkat Mirziyoyev 28-mart kuni Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni (SHUAR) xalq hukumati raisi Erkin Tuniyazni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, O‘zbekiston hududlari va SHUAR o‘rtasidagi amaliy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Bugungi kunda Xitoyning ushbu mintaqasi ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdoning qariyb 10 foizini tashkil qiladi va bu ko‘rsatkich o‘sib bormoqda, deyiladi xabarda.

erkin tuniyaz, shavkat mirziyoyev, shinjon-uyg‘ur avtonom rayoni, shuar, xitoy

O‘zbekiston kompaniyalari bilan investitsiya loyihalari portfeli 3,5 milliard dollarni tashkil etadi. Bu “yashil” energetika va elektrotexnika sanoati, qurilish tarmog‘i va yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish, metallurgiya, infratuzilmani modernizatsiya qilish va boshqa yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Shavkat Mirziyoyev SHUAR bilan hamkorlikni oshirish, qo‘shma loyihalarni jadallashtirish muhimligini ta’kidladi. Innovatsion texnologiyalar, qishloq va suv xo‘jaligi, transport va logistika, bank-moliya sektori, ta’lim, an’anaviy tibbiyot ustuvor yo‘nalishlar hisoblanadi.

Muzokaralarda O‘zbekistonning har yili Urumchi shahrida o‘tkaziladigan “Ekspo Xitoy-Yevrosiyo” ko‘rgazmasida ishtirok etishi, gumanitar va turizm aloqalarini rivojlantirish hamda “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” temiryo‘li qurilishi loyihasini ilgari surish masalalari ham muhokama qilindi.

erkin tuniyaz, shavkat mirziyoyev, shinjon-uyg‘ur avtonom rayoni, shuar, xitoy

Shu kuni bosh vazir Abdulla Aripov ham Erkin Tuniyoz bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qildi uning matbuot xizmati.

Tomonlar hamkorlikni kengaytirish, xususan, investitsiyaviy, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.