Siyosat

Ziyorat turizmi, islom moliyasi, “Halol” sertifikatlashtirish — O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi
17 may 2024, 18:54

Ziyorat turizmi, islom moliyasi, “Halol” sertifikatlashtirish — O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi

O‘zbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri islom moliyasi, “Halol” sertifikatlashtirish, sun’iy intellekt, turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Ziyorat turizmi bo‘yicha “Umra plyus” dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Prezident O‘zbekiston-Malayziya sanoat zonasini tashkil etishga tayyorligini aytdi.

Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisi 18-may kuni chaqiriladi
17 may 2024, 17:55

Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisi 18-may kuni chaqiriladi

Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisi 18-may kuni o‘tkaziladi. Unda Soliq kodeksining 227−1-moddasiga o‘zgartirish kiritish, davlat mulkini ijaraga berishda ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish va boshqa qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish muhokama qilinadi. Markaziy bankining 2023-yildagi hisoboti eshitiladi.

Qozog‘iston prezidenti “Markaziy Osiyo davlatlarini bo‘lmoqchi bo‘lgan tashqi kuchlarga” qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi
17 may 2024, 16:55

Qozog‘iston prezidenti “Markaziy Osiyo davlatlarini bo‘lmoqchi bo‘lgan tashqi kuchlarga” qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Markaziy Osiyo xavfsizlik kengashlari kotiblari bilan bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda “mintaqa davlatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish va ularni bo‘lmoqchi bo‘lgan tashqi kuchlarga birgalikda qarshilik ko‘rsatishga” chaqirdi.

Malayziya bosh vaziri O‘zbekistonga keldi (foto)
17 may 2024, 15:21

Malayziya bosh vaziri O‘zbekistonga keldi (foto)

Juma kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimni aeroportda hamkasbi Abdulla Aripov kutib oldi. Ular “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Hukumat rahbari kunning 2-yarmida “Ko‘ksaroy” qarorgohida oliy darajadagi tadbirlarda qatnashadi.

O‘zbekistonning yangi elchisi Britaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
17 may 2024, 10:56

O‘zbekistonning yangi elchisi Britaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

2023-yil noyabr oyida Londonga yangi elchi sifatida yetib borgan Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Mahmud Istamov Qonunchilik palatasi devoniga rahbar bo‘ldi
16 may 2024, 23:41

Mahmud Istamov Qonunchilik palatasi devoniga rahbar bo‘ldi

Mahmud Istamov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari etib tayinlandi. U avval Buxoro viloyati prokurori, MSK raisi o‘rinbosari, adliya vazirining o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Malayziya bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
16 may 2024, 23:00

Malayziya bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. U Toshkentdan tashqari, Samarqand va Buxoroda ham bo‘ladi.

Daniya va Litva O‘zbekistonga yangi elchilar tayinladi
16 may 2024, 17:41

Daniya va Litva O‘zbekistonga yangi elchilar tayinladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Daniya elchisi Yakob Xenningsen va Litva elchisi Egidiyus Navikasdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Portugaliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisidan ishonch yorliqlari qabul qilindi
16 may 2024, 14:20

Portugaliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisidan ishonch yorliqlari qabul qilindi

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Portugaliyaning yangi elchisi Madalena Fisherdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Prezident Toshkentda Botir Zokirov haykali ochilish marosimida qatnashadi
16 may 2024, 12:38

Prezident Toshkentda Botir Zokirov haykali ochilish marosimida qatnashadi

Shavkat Mirziyoyev 16-may kuni Toshkentda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochilish marosimida ishtirok etadi. Shuningdek, madaniyat va san’at sohasidagi yangi obyekt va loyihalar bilan tanishiladi.

Prezident O‘zbekistonga tashrif buyurgan BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbarini qabul qildi
15 may 2024, 20:22

Prezident O‘zbekistonga tashrif buyurgan BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbarini qabul qildi

Prezident va BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Toshkentda yoshlarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar, shuningdek, yosh mutaxassislarning tashkilot institutlarida stajirovka o‘tashini tashkil etish masalalarini muhokama qildi.

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
15 may 2024, 00:54

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bobur Xudjamov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekistonda “BMT-ayollar” tuzilmasining vakolatxonasi ochiladi
14 may 2024, 18:46

O‘zbekistonda “BMT-ayollar” tuzilmasining vakolatxonasi ochiladi

O‘zbekistonda “BMT-ayollar” tuzilmasining vakolatxonasi ochiladi, Shavkat Mirziyoyev va mamlakatga tashrif buyurgan BMT bosh kotibi o‘rinbosari, tashkilot ijrochi direktori Sima Sami Baxus tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.

Samarqandda Osiyo xotin-qizlari forumining ilk kuni qanday o‘tdi? — fotoreportaj
14 may 2024, 10:47

Samarqandda Osiyo xotin-qizlari forumining ilk kuni qanday o‘tdi? — fotoreportaj

13−14-may kunlari Samarqandda o‘tayotgan Osiyo xotin-qizlari forumiga 30 dan ortiq davlatdan mehmonlar, jumladan, BMT bosh kotibi o‘rinbosari keldi. Senat raisi Tanzila Narbayeva prezidentning ishtirokchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. “Gazeta.uz” jarayonning birinchi kunidan fotoreportaj tayyorladi.

“Sayxunobod tajribasi” bo‘yicha ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 400 ga yaqin mas’ul ishdan olindi
10 may 2024, 14:35

“Sayxunobod tajribasi” bo‘yicha ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 400 ga yaqin mas’ul ishdan olindi

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda “Sayxunobod tajribasi” doirasidagi ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun tuman darajasidagi 382 nafar mas’ul ishdan olingani ma’lum qilindi. Shuningdek, mazkur tajriba orqali aprel oyida 365 ming aholi bandligi ta’minlangani bildirildi.

“O‘zbekistondan meva-sabzavotlarni kutamiz”. Mirziyoyev va Putin qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni muhokama qildi
9 may 2024, 09:59

“O‘zbekistondan meva-sabzavotlarni kutamiz”. Mirziyoyev va Putin qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni muhokama qildi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari hamkorlik, jumladan, savdo-iqtisodiy sohalarni muhokama qildi. “O‘zbekistondan o‘tgan yilgidek meva-sabzavot kutyapmiz. Bu siz uchun ham, biz uchun ham yaxshi”, — dedi Putin. “Bizda Rossiya bozorini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish imkoni bor”, — dedi Mirziyoyev.

Agrosanoat, iqlim o‘zgarishi, migrantlar va turizm: Shavkat Mirziyoyev YeOII bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi
9 may 2024, 03:54

Agrosanoat, iqlim o‘zgarishi, migrantlar va turizm: Shavkat Mirziyoyev YeOII bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi

O‘zbekiston prezidenti YeOIIning yubiley sammitida ishtirok etib, O‘zbekiston amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. U agrosanoat, “yashil” texnologiyalar, mehnat migrantlari uchun sharoitlar yaratish va turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev xalqni 9-may munosabati bilan tabrikladi
8 may 2024, 17:05

Shavkat Mirziyoyev xalqni 9-may munosabati bilan tabrikladi

Prezident Xotira va qadrlash kuni hamda g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan xalqqa tabrik yo‘lladi. “Bugungi ozod va erkin hayot uchun aziz jonini ayamasdan kurashgan bunday ulug‘ insonlar oldida doimo qarzdormiz”, degan prezident ularning jasorati yoshlarni tarbiyalashda ibrat maktabi bo‘lishini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga bordi (foto, video)
8 may 2024, 16:30

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga bordi (foto, video)

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Moskva shahriga yetib bordi. Uni Vnukovo xalqaro aeroportida Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Denis Manturov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

“Charchasam bo‘lmaydi, katta-katta ishlarni endi boshlayapmiz” — Shavkat Mirziyoyev
8 may 2024, 16:21

“Charchasam bo‘lmaydi, katta-katta ishlarni endi boshlayapmiz” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident harbiy klinik gospitalga tashrifi chog‘ida Sirdaryo hokimiga o‘sha yerda davolanayotgan urush qatnashchilaridan biriga uy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Yana bir urush faxriysi esa Shavkat Mirziyoyevni umrbod prezident qilib qo‘yishni taklif etdi. Prezident bunga javoban kulib qo‘ydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting