«O‘zbekenergo» kompaniyasi 1-apreldan elektr energiyasi to‘lovlari 9,5 foizga oshishi haqida xabar bermoqda.

Kompaniya saytida ma’lum qilinishicha, yangi narxlar aholiga beriladigan 1 kVt/s elektr energiyasi haqi 120 so‘mdan 131,4 so‘mgacha, elektr plitasi bilan ta’minlangan xonadonlar uchun 60 so‘mdan 65,7 so‘mgacha etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 1-apreldan shuningdek, sovuq suv (10 foizga) va issiq suv (11,7 foizga) tariflari ham oshadi.