«General Motors Uzbekistan» Toshkentda yangi «Chevrolet Orlando» oilaviy minivenini taqdim etdi.

O‘rta o‘lchamdagi yetti o‘rinli yangi avtomobil «Chevrolet Cruze» rusumidagi sedan platformasi asosida yaratildi. «General Motors Korea» jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu ixcham avtomobil o‘ziga xos ajoyib dizayni bilan ajralib turadi.

Xorazm viloyatida ishlab chiqarilayotgan ushbu avtomobil 141 ot kuchiga ega, 100 kilometrga o‘rtacha 7,9 litr yonilg‘i sarflaydigan tejamkor dvigatel va olti pog‘onali avtomatik transmissiya bilan jihozlangan.

Avtomobil old va yon tomondan xavfsizlik yostiqchalari, boshqaruv rulining past-balandligiga qarab tormozning o‘z-o‘zidan blokirovkaga tushib qolishiga qarshi tizim, orqa tomonni ko‘rish uchun yon ko‘zgular, old o‘rindiqlarni to‘rt tomonga ham moslaydigan funksiyalar bilan ta’minlangan. Shuningdek, yomg‘ir datchigi, harorat, tezlikni haydovchi ishtirokisiz nazorat qilish qurilmalari va boshqa qulayliklarga ega.

Foto

Foto: Sarvar O'rmonov (O‘zA).

Foto: Sarvar O'rmonov (O‘zA)

Foto: Daryo.uz.