Toshkentdagi «Turkiston» saroyida «Namunali militsiya tayanch punkti» ko‘rik-tanlovining 2013-yil natijalari bo‘yicha yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zA xabar berishicha, ko‘rik-tanlovning mamlakat bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 14 militsiya tayanch punkti ishtirok etdi.

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Obod turmush mahallasida joylashgan 147-militsiya tayanch punkti, Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi Buvaydo mahallasida joylashgan 258-militsiya tayanch punkti, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi Mirmiron mahallasida joylashgan 44-militsiya tayanch punkti, Jizzax viloyati Jizzax tumanidagi Uchtepa mahallasida joylashgan 133-militsiya tayanch punkti birinchi o‘ringa loyiq topildi. G‘oliblarga «Matiz» avtomobillari topshirildi.

O‘zbekistonda jami 3712 militsiya tayanch punktlari mavjud.

Tadbirda Ichki ishlar vaziri, general-mayor Adham Ahmadboyev, Bosh vazirning o‘rinbosari Asham Ikromov so‘zga chiqdi.