2013-yilda bojxonachilar narkotikni kontrabanda yo‘li bilan olib kirishni 195 ta holatiga chek qo’ygan va 223 kg giyohvand vositalar musodara qiliishgan.

Xususan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda E.Rajabov va I.Juraqulov ushlangan. Ularda 11 kg opiy topilgan.

Shuningdek, viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan nafaqat yirik miqdordagi giyohvand moddalar, balki qurol-yarog’ olib kirilishiga qek qo’yildi. Amudaryoning qirg’og’ida o’tkazilgan tezkor tadbir davomida qo’lbola qayiqda daryoda kechib o’tgan Afg’oniston fuqarosi A.Muhammadqul qing’ir qilmishlariga nuqta qo’yildi. U o’zi bilan salkam 20 kg opiy giyohvand moddasi, shuningdek Kalashnikov avtomati va 26 dona o’qlarini O‘zbekistonga olib kirishga uringan edi.

Yana bir Afg’oniston fuqarosi Sh.Ziyo O‘zbekiston hududiga 65 kg opiyni olib kirmoqchi bo‘lganda to‘xtatilib qolgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.