Gidrometeorologiya xizmati markazining ma'lumotlariga qaraganda, 8-fevral kuni O‘zbekiston hududida havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda qor yog'adi. 9-12- fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -10…-15 sovuq, kunduzi — -5…-10 sovuq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, 8 fevralda ba'zi joylarda qor yog'adi, 9-11 fevralda yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15о sovuq, kunduzi 5-10о sovuq; cho'l hududlarida 8 fevralda kechasi 18-23о sovuq, kunduzi 8-13о sovuq bo'ladi, 9-11 fevralda kechasi sovuq asta-sekin 13-18о sovuqgacha ko'tariladi, kunduzi 5-10о sovuq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, 8 fevralda ba'zi joylarda qor yog'adi, 9-11 fevralda yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15о sovuq, kunduzi 5-10о sovuq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, 8 fevralda ba'zi joylarda qor yog'adi, 9-11 fevralda yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15о sovuq, kunduzi 8 fevralda 2-7о sovuq, 9-11 fevralda 0-5о sovuq bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, 8 fevralda ba'zi joylarda qor yog'adi, 9-11 fevralda yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8 fevralda 13-18о sovuq, 9-11 fevralda 10-15о sovuq, kunduzi 5-10о sovuq bo'ladi.

Respublikaning to‘gli hududlarida havo o'zgarib turadi, 8 fevralda vaqti-vaqti bilan qor yog'adi, 9-11 fevralda yog'ingarchilik kutilmaydi. Qor ko'chishi xavfi bor. Ba'zi joylarga tuman tushadi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20о sovuq, kunduzi 10-15о sovuq bo'ladi.