Sport turlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari a'zolari bo'lgan sportchilarni tayyorlash uchun jalb etilgan xorijiy mutaxassislarning ish shart-sharoitlari to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. Vazilar Mahkamasining 2013- yil 30 dekabrdagi qarorida aytilishicha, ushbu nizom sport turlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoalarini sport musobaqalarida qatnashishga sifatli tayyorlash maqsadida qabul qilingan.

Yangi nizom xorijdan jalb etilgan va mehnatiga byudjet mablag'laridan haq to'lanadigan mutaxassislarga xaq to'lash tartibini va ularning ish shart-sharoitlarini belgilaydi.

Nizom bo'yicha, xorijiy mutaxassislarni ishga jalb qilish Madaniyat va sport ishlari vazirligining huzurida tashkil etiladigan Ekspert komissiyasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Ekspert komissiyasi kamida etti nafar kishidan iborat bo'lib, unga Madaniyat va sport ishlari vazirining o'rinbosaridan biri raislik qiladi.

Hujjatda xorijiy mutaxassis to'lanadigan haq miqdori ham belgilangan. Xorijiy mutaxassislar endi o'z mehnatlariga kontrakt tuzilgan kundagi eng kam oylik ish haqining o'ttiz baravaridan yuz baravarigacha har oy olishi mumkin. Bugungi kunda bu miqdor 2 mln 883 ming so'mdan 9 mln 610 ming so'mgacha to'g'ri keladi.