RIA Novosti — Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya bilan vizasiz munosabatlari bo‘lgan mamlakatlardan kelganlar Rossiya hududida istiqomatini ko‘pi 90 kun bilan cheklaydigan qonunga imzo chekdi. Shuningdek, endi bunday mamlakatlardan kelganlar Rossiya hududida ishlamoqchi bo‘lsa, narkomaniya va boshqa ijtimoiy havfli kasalliklarga duchor bo‘lmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma ham taqdim etishlari kerak.

Qonunga ko‘ra, Rossiyaga vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan chet el fuqarolari endi har 180 kun ichida ja’mi 90 kun Rossiya hududida qolishlari mumkin. Shuningdek, oldingi tashrif vaqtida 180 kun ichida ja’mi 90 kundan oshiq Rossiya hududida qolib ketganlarga Rossiyaga kirish 3 yilga ta’qiqlanadi.

Vladimir Putin qo‘l qo‘ygan ya’na boshqa qonunda Rossiya bilan vizasiz munosabatlari bo‘lgan mamlakatlardan kelganlar Rossiya hududida ishlamoqchi bo‘lsa, narkomaniya va boshqa ijtimoiy havfli kasalliklari yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishlari kerak.

Yangi qabul qilingan hujjat amaldagi Rossiyada ishga joylashayotgan chet el fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirishlar qiritmoqda. Endi ishga joylashmoqchi bo‘lgan chet el fuqarosi boshqa hujjatlar qatorida Federal Migratsiya Xizmati idoralariga narkomaniya va atrofdagilarga xavf tug‘diradigan boshqa kasalliklarga yo‘liqmaganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma ham taqdim etishi shart. Oldin bunday ma’lumotlar ishga joylashgandan so‘ng 30 kun ichida taqdim etilar edi.

Tibbiy ma’lumotlarni patent bilan jismoniy shaxslar qo‘lida ishlamoqchi bo‘lganlar ham topshirishi shart.