24-25-dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida o'zbek-qirg'iz TIVlararo siyosiy va konsullik maslahatlar bo'lib o'tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tomonlar O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlariga oid joriy masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Muzokara chog‘ida ikki tomonlama aloqalarning istiqbollari ham atroflicha muhokama qilindi.