24-25-dekabr kunlari Toshkentda O'zbekiston va Qirg'iziston Tashqi ishlar vazirliklarining siyosiy va konsullik masalalar bo'yicha idoralararo muzokaralari bo'lib o'tadi. Bu haqda Qirg'iziston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Konsultatsiyalar ikki mamlakat Bosh vazirlarining 28-noyabrda Toshkentda erishgan kelishuvi asosida o'tkazilmoqda.

Muzokarlar chog'ida O'zbekiston-Qirg'iziston munosabatlarining qator sohalardagi bugungi ahvoli va istiqbollari muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Uchrashuvda shuningdek, tomonlarning ikki- va ko'p tomonlama formatdagi hamkorlik istiqbollari ko'rib chiqiladi.