Rossiya Federal migratsiya xizmati (FMS) xorijliklar uchun o‘zining Rossiyaga kirish mumkin yoki mumkin emasligini tekshirib ko‘rish imkonini beruvchi tizimni ishga tushirdi. Ushbu mamlakatga ketish rejasi bo‘lgan o‘zbekistonlik FMS sayti orqali o‘ziga taqiq bor-yo‘qligini aniqlashi mumkin.

Ushbu maxsus xizmat turi FMS rasmiy saytida dekabr oyidan ishga tushirilgan, deb xabar bermoqda RFning O'zbekistondagi elchixonasi.

Berilayotgan ma'lumotlar tanishish uchun xolos, yuridik kuchga ega bo'lgan ma'lumot uchun baribir Rossiya Federal migratsiya xizmatiga murojaat qilishga to'g'ri keladi.