O‘zbekiston Prezidentining 4-noyabrdagi farmoni bilan Sherzod Xajimuratov Markaziy bankn raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, u Markaziy bank boshqaruvi tarkibiga ham kiritildi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.

Markaziy bank tuzilmasida Xajimuratov Emissiya-kassa operatsiyalari boshqarmasi, To‘lov tizimi va axborot texnologiyalari departamenti, Buxgalteriya hisobi, hisoboti va davlat budjetining kassa ijrosi departamenti hamda Axborotlashtirish bosh markazi faoliyatini muvofiqlashtiradi.

MB saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Sherzod Xajimuratov 1976-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bank tizimida 1998-yildan beri ishlab kelmoqda.