O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 6-sentabr kuni rasmiy tashrif bilan Ostonaga keldi.
Shahar aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev kutib oldi.
Qozog‘iston poytaxtida ikki davlat rahbarlarining suhbati bo‘lib o‘tdi.
Dasturga binoan tashrifning asosiy voqealari 7-sentabrga mo‘ljallangan.
Телеграмдан фойдаланасизми? Муҳим янгиликларни ўтказиб юбормаслик учун каналимизга аъзо бўлинг.
Muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.