Unda o‘tgan besh yillik davrda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar faoliyati bilan bog‘liq amalga oshirilgan ishlarni baholash, navbatdagi besh yil ichida ekologik-ma’rifiy, ilmiy, sayyohlik va boshqa sohalarda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, shuningdek, METHlarning boshqaruv tuzilmasi, normativ-huquqiy bazasi, bunday hududlarni kadrlar bilan ta’minlash va malakasini oshirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish mexanizmi belgilab qo‘yilgan.

Mazkur nizomni ishlab chikishda manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari va Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Global ekologik jamg‘arma va O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan “Qo‘riqxonalar misolida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy tizimi barqarorligini mustahkamlash” loyihasi eskpertlari o‘zlarining munosib xissalarini qo‘shishdi.