Federatsiyaga FIFAdan kelgan rasmiy xatga ko‘ra, ushbu tashkilotning Hakamlar qo‘mitasi Olimpiada o‘yinlarida xizmat qiladigan hakamlar ro‘yxatini tasdiqlagan va ular orasida Ravshan Ermatov ham bor.

Olimpiada o‘yinlarida Ermatovga Abduhamidullo Rasulov va Bahodir Qo‘chqorov (Qirg‘iziston) yordam beradi.

FIFA turli konfederatsiyalardan jami 16 nafar bosh hakam va 32 nafar qanot hakamlarini tanlab olgan.

Eslatib o‘tamiz, JARda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Ravshan Ermatov beshta uchrashuvda hakamlik qilib, bu o‘sha musobaqaning rekord natijasi bo‘lgan edi.