“O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi ITE Exhibitions & Conferences LTD (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda tashkil qilinayotgan ko‘rgazma doirasida “O‘zbekiston neft va gaz sohasini modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash” xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi.

“O‘zbekneftgaz” tuzilmasiga kiradigan korxonalar OGU-2012 da xoldingning 20 yilligi belgisi ostidagi yagona stend bilan qatnashadi, xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.