Chexiya Respublikasi elchixonasining matbuot xizmati xabar berishicha, yangi tramvaylar Toshkentga Navro‘z bayramiga yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Chexiya kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma doirasida Toshkentga Vario LF rusumidagi 20 ta tramvay vagonlari yetkazilishi kerak. O‘tgan yilning avgust oyida ikkita shunday tramvay poytaxtda ishga tushirilgan. Ular hozir 9- va 13-yo‘nalishlarida ishlatilmoqda.

Vario LF saloni o‘rtacha 140 kishiga mo‘ljallangan. O‘rta eshiklari past joylashgan va pandus bilan jihozlangan. Tramvaylar elektron boshqaruvga ega bo‘lib, elektr energiyasini 30-40 foizgacha tejash imkonini beradi. Bundan tashqari, ular har qanday ob-havo sharoitlarida va kuchlanishning 400 dan 900 voltgacha o‘zgarishi hollarida ham ishlashga mo‘ljallangan.

Yil boshida Pragoimex a.s. O‘zbekiston poytaxtida o‘z vakolatxonasini ochdi. Uning rahbari etib Milan Tomesh tayinlandi.