O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi Vakolatxonasi uzluksiz siyosiy-diplomatik aloqalar olib borish, turli sohalardagi o‘zaro foydali aloqalarni chuqurlashtirish imkoniyatini beradi.

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi hamkorligi deyarli barcha jabhalarni qamrab oladi. Tomonlar siyosiy muzokaralarni mustahkamlashga katta ahamiyat bermoqdalar. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan munosabatlarida savdo, iqtisodiy va investitsiya sohalariga alohida e’tibor qaratilyapti.

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning tashqi savdosida ikkinchi o‘rinda turadi. O‘tgan yilning yanvar-avgust oylarida o‘zaro savdo aylanmasi 1,6 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi, bu undan oldingi yildagidan 3 barobar ortiqdir.

O‘zbekistonda 841 ta qo‘shma korxona faoliyat olib boradi, ulardan 218 tasi Yevropa Ittifoqi davlatlarining 100 foizlik kapitaliga egadir.