To‘qqizta vagon va ikkita lokomotivdan iborat poyezd Sankt-Peterburg shahridan “Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasi lokomotivi yordamida olib kelindi.

Toshkent-Samarqand tezkor temiryo‘l magistraliga mo‘ljallangan birinchi “Afrosiyob” elektropoyezdi poytaxtimizga 22-iyul kuni yetib kelgan edi va oktabr boshidan muntazam ishga tushirildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK matbuot xizmatining xabar berishicha, yangi “Talgo” rusumli elektropoyezdi sinovlardan o‘tkazilgandan so‘ng o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishga tushiriladi.

Fotogalereya