Butun mamlakat bo‘ylab Uzum Market xaridorlari milliy marketpleysdan buyurtmalarni UzPost bo‘limlarida olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hozirda servis sinov bosqichida, ammo Toshkent va Samarqanddagi xaridorlar buyurtmani rasmiylashtirishda qulay filialni tanlab, o‘z buyurtmalarini UzPost`ning 28 filialidan olishlari mumkin. Xaridorlar qabul qilingan tovarlarni tekshirishlari va kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlarni maxsus jihozlangan kiyib ko‘rish xonalarida tekshirib ko‘rishlari mumkin bo‘lishi uchun hozir Uzum Market UzPost pochta bo‘limlarida tarqatish punktlarini jihozlash bo‘yicha ish olib bormoqda. Kelgusida o‘zbekistonliklar Uzum Market`dan buyurtmalarini butun mamlakat bo‘ylab pochta bo‘limlarida olishlari mumkin bo‘ladi.

“Butun dunyo bo‘ylab pochta xizmatlari va marketpleyslar ishonchli hamkorlardir va biz ushbu tendensiyani qo‘llab-quvvatlashdan xursandmiz. Bugungi kunda UzPost pochta bo‘limlari tarmog‘i soni mamlakat bo‘ylab 1800 ga yaqin. Uzum Market bilan hamkorlik tufayli o‘zbekistonliklar UzPost filialiga kelish uchun yana bir sababga ega bo‘ladilar va yuz minglab tovarlar hatto kichik aholi punktlari yashovchilari uchun yanada qulayroq bo‘ladi”, — dedi UzPost`ning biznes hamkorlar bilan ishlash bo‘yicha rahbari Oleg Mishelov.

uzum market, реклама

“Yil oxirigacha butun mamlakat bo‘ylab 500 ga yaqin UzPost aloqa bo‘limlarini, shu jumladan, kichik aholi punktlarini ulashni rejalashtirmoqdamiz. Biz uchun bu yetkazib berish geografiyasini kengaytirish, viloyatlardagi odamlarga tanlov, narxlarni taqqoslash va kerakli tovarlarni foyda bilan buyurtma qilish imkoniyatini berishdir. Bugungi kunda Uzum Market assortimentida 700 mingdan ortiq noyob tovar nomlari mavjud va UzPost bilan birgalikda biz ularni ham megapolislar, ham qishloqlardagi foydalanuvchilarga taqdim etamiz”, — dedi Uzum Market tarqatish punktlarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha direktori Georgiy Nizomutdinov.

Bugungi kunda Uzum Market milliy marketpleysida mamlakat bo‘ylab 10 mingdan ortiq tadbirkor va kompaniyalar o‘z mahsulotlarini sotmoqda. Mamlakat bo‘ylab 78 ta aholi punktlari yashovchilari Uzum Market`dan buyurtmalarini kun davomida yetkazib berish xizmati orqali olishlari mumkin. Yil oxirigacha marketpleys 10 mingdan ortiq aholisi bo‘lgan barcha shaharlarni qamrab olgan holda buyurtma tarqatish punktlari tarmog‘ini uch baravar oshirishni, shuningdek, assortimentni 2 milliondan ortiq tovar nomlariga kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Facebook: fb.com/uzummarket
Instagram: @uzum.market
Telegram: t.me/uzum_market

Reklama huquqlari asosida.