Pure Milky — O‘zbekistonda fermentlangan sut mahsulotlarining yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, VI xalqaro Makon Marketing forumida “2023-yil brendi” deb tan olindi. Kompaniya “Oziq-ovqat. Iste’molchilar tanlovi 2023” toifasida eng ko‘p ovoz oldi. 18−19-may kunlari Humo Arena muz saroyida bo‘lib o‘tgan tadbir 10 yildan ortiq vaqt davomida o‘z iste’molchilarini tabiiy va sifatli mahsulotlar bilan xursand qilib kelayotgan kompaniya tarixida muhim voqea bo‘ldi.

pure milky, реклама

Tashkil etilganidan beri Pure Milky FMCG bozorida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda. 350 kishilik professionallar jamoasi tufayli kompaniya har kuni 120 tonnadan ortiq sutni qayta ishlaydi va yuqori sifatli fermentlangan sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan barcha sutlar kompaniyaning faqat Gollandiyadan olib kelingan 9300 bosh sigir saqlanuvchi fermalaridan olinadi. Sog‘ishdan keyin sut darhol soviydi, bu fermentatsiyaning oldini oladi, chunki u ochiq havo bilan aloqa qilmaydi.

pure milky, реклама

Bugungi kunda Pure Milky brendi quyidagilarni taqdim etadi:

  • pasterizatsiyalangan sutdan qaymoqqacha bo‘lgan 40 dan ortiq turdagi yuqori sifatli fermentlangan sut mahsulotlari;
  • ko‘proq mintaqalarni qamrab olayotgan va kengayib borayotgan ta’minot tarmog‘i;
  • tarqatish bo‘yicha 250 nafar mutaxassis;
  • ilg‘or uskunalar bilan jihozlangan ishlab chiqarish quvvatlari;
  • kuniga 120 tonnadan ortiq sutni qayta ishlash.

pure milky, реклама

Pure Milky`ning raqobatbardosh ustunligi — bu o‘z fermalaridan boshlanadigan va tayyor mahsulot bilan yakunlanadigan to‘liq ishlab chiqarish sikli. Bu har bir bosqichda sifatni nazorat qilish va iste’molchilarni quyidagi tabiiy mahsulotlar bilan ta’minlash imkonini beradi:

  • kefir, biokefir, qaymoq, smetana, ayron, yogurt, quyultirilgan sut, tvorog, donli tvorog, sirlangan pishloq, sut, pasterizatsiya qilingan sut, har xil turdagi pishloq, brinza va sariyog‘.

pure milky, реклама

“Biz o‘n yildan ortiq vaqt davomida mijozlarimizning ishonchi va sevgisidan bahramand bo‘layotgan mahsulotlar ishlab chiqarayotganimizdan faxrlanamiz. „2023-yil brendi“ mukofotiga sazovor bo‘lish bizning mehnatimiz va sifatga intilishimizni tan olishdir”, — dedi Pure Milky sutni qayta ishlash ustaxonasi rahbari Mehroz Akramov.

2024-yilda kompaniya o‘n yilligini nishonlamoqda va “2023-yil brendi” mukofotini qo‘lga kiritish ushbu yubiley uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi. Ushbu mukofot nafaqat mahsulotning yuqori sifatini tasdiqlaydi, balki kompaniyaning O‘zbekiston sut muhsulotlari bozorini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini ham tan oladi.

pure milky, реклама

Pure Milky o‘z prinsiplari — tabiiylik, sifat va har bir iste’molchining sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilish tamoyillariga sodiq qolgan holda mijozlarni xursand qilishda davom etmoqda. Kompaniya barcha iste’molchilarga bu kabi cho‘qqilarni zabt etishga sababchi bo‘lgan ishonch va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildiradi.

Sayt: puremilky.uz
Facebook: fb.com/puremilky.uz
Instagram: @puremilky_official
Telegram: t.me/puremilky_official

Reklama huquqlari asosida.