Chery Automobile 2024-yil 13-mayda e’lon qilingan 2024 Fortune China ESG Impact List ro‘yxatiga kiritildi. Ushbu e’tirof Chery`ning ESG (Environmental, Social and Governance) sohasida erishgan yutuqlari va yetakchilardan biri ekanini namoyish etadi. Mazkur e’tirof Xitoyda ESG amaliyotlari, ayniqsa, og‘ir iqtisodiy davrlarda izchil rivojlanayotganidan darak beradi. ESG kompaniyalarning uzoq muddatli faoliyatini belgilaydigan muhim omilga aylandi.

2024 Fortune China ESG Impact List ro‘yxati chuqur ma’lumotlar tahlili va professional baholash uslublaridan foydalangan holda puxta tuzilgan. Yangi energetika, ishlab chiqarish, internet, moliya, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalardan bo‘lgan 200 dan ortiq kompaniyalar 2024-yilda ishtirok etish uchun arizalar bilan murojat etdi. Tanlab olingan kompaniyalar atrof-muhitni muhofaza qilish, xodimlar farovonligi va jamiyatni qo‘llab-quvvatlash sohasida ulkan sa’y-harakatlarni namoyish etgan. Ular barqaror iqtisodiy o‘sishga o‘z hissalarini qo‘shib, bozorda hurmat qozonmoqda.

Fortune`ning xabar berishicha, Chery 2023-yilning aprel oyida o‘zining yangi energetik strategiyasi haqida rasmiy ravishda e’lon qildi va e’tiborini yangi energiyada ishlovchi avtomobillar, vodorodli ichki yonuv dvigatellari hamda vodorodli yoqilg‘i modullarini ishlab chiqishga qaratdi. Kompaniyaning yangi energiyada ishlovchi avtomobillar va energiyaning tejalishidan yillik daromadi 10,9 mlrd yuandan oshib ketdi.

chery, реклама

Yaqinda 2024 Chery International Business Conference anjumanida Chery kompaniyasi Osiyo, Yevropa, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika va Okeaniyadagi dilerlari bilan hamkorlikda suv va dengiz resurslarini himoya qilish bo‘yicha Cherish the Nature (“Tabiatni asrang”) tashabbusini amalga kiritdi. Ushbu tashabbus suv resurslari va okeanlarni, shu jumladan, Yanszi, Amazonka, Nil, Reyn, Mekong va boshqa daryolarni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlanadi. Uning maqsadi — xodimlar, mijozlar, dilerlar, jamoat tashkilotlari va boshqa manfaatdor tomonlarni suv resurslari va okeanlarni faol himoya qilishga safarbar etishdir.

Chery — butun dunyo bo‘ylab 13,8 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega bo‘lgan avtomobil kompaniyasidir. So‘nggi 21 yil davomida u Xitoy brendlariga mansub yengil avtomobillar eksporti bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Turli mamlakatlarda 20 yildan ortiq vaqt ish faoliyati davomida Chery barqaror rivojlanish konsepsiyasiga amal qilib, ESG`ni o‘z strategiyasi va operatsiyalariga integratsiyaladi.

Kompaniya har bir mavjud bo‘lgan bozorida iqtisodiyotga, ish o‘rinlari yaratishga, soliqlarni to‘lashga va ijtimoiy farovonlikka o‘z hissasini qo‘shishga intilib, korporativ fuqarolik majburiyatlarini bajarib kelmoqda. 2023-yilda Chery UNICEF (United Nations International Childrens Emergency Fund) — Birlashgan millatlar tashkiloti huzuridagi bolalar uchun xalqaro favqulodda yordam jamg‘armasiga bolalar ta’limi bo‘yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish uchun 6 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘larni xayriya qildi. Bundan tashqari, Chery IUCN (International Union for Conservation of Nature and Natural Resources) — Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro ittifoq bilan atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha global loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun hamkorlik memorandumi imzoladi.

Chery Group direktorlar kengashining raisi janob In Tonyuye Chery ajoyib qadriyatlarni yaratishga, jamiyat farovonligiga o‘z hissasini qo‘shishga va kompaniya brendi ostida amalga oshiriladigan barcha tashabbuslar uchun javobgarlikni zimmasiga olishga intilayotganini ta’kidladi. Chery turli bozorlarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishish va butun dunyo bo‘ylab yetakchi avtomobil guruhiga aylanish maqsadida olg‘a borib, barcha hamkorlar bilan hamkorlikka umid qilib intilmoqda.

O‘zbekistonda xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan ilk avtomobil zavod bo‘lgan — ADM Jizzakh zavodida ishlab chiqarilayotgan ADM Global kompaniyalari guruhi tomonidan O‘zbekistonda taqdim etilayotgan Chery avtomobillarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 71−276−55−55.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram-boti: t.me/cheryuzbekistanbot
YouTube: cheryuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.