Hayot sur’ati sezilarli darajada tezlashib, imkoniyatlar kundan-kunga ortib borayotgan kunda texnologik taraqqiyot bilan hamnafas bo‘lish har doimgidan ham dolzarbdir. Taraqqiyot asrida do‘konda sotayotgan mahsulotlaringizni qog‘oz-qalam bilan hisoblashga hojat yo‘q, chunki bu ishni samarali va qisqa vaqt ichida bajaradigan Optimo dasturi mavjud.

Do‘konni avtomatlashtirish dasturi savdo jarayonini boshqarish va nazorat qilish, xaridlar, foyda, daromad haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz uchun biznesingiz joylashgan obyektda doimiy bo‘lishingizni talab qilmaydi.

Aynan biznesdagi imkoniyatlarni kengaytirish uchun Optimo bulut texnologiyasiga asoslangan dastur yaratilgan bo‘lib, do‘konlar uchun dastur biznesni boshqarishda yaxshi yordamchidir. Shu o‘rinda bulutli texnologiyaga biroz to‘xtalsak. Bulut texnologiyasi ommabop texnologiya bo‘lib, ma’lumotlar va resurslarni onlayn serverda xavfsiz saqlash uchun ishlatiladi. Bulutli texnologiyalarning yana bir yaxshi tarafi — onlayn serverlardan dunyoning xohlagan nuqtasida turib ma’lumotlarni kiritish yoki qabul qilish mumkin. Bulutli texnologiyalarning turli xil xizmatlari mavjud bo‘lib, dunyoda keng qo‘llanayotgan katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash, zaxiralash va tahlil qilish uchun ishlatiladi.

Do‘konni avtomatlashtirish dasturi bulut texnologiyasi asosida yaratilgani sabab sizga o‘z ishingizga e’tiborni yo‘qotmagan holda rivojlanish, ko‘proq o‘rganish, mamlakat tashqarisida ishga oid uchrashuvlar uchun sayohat qilish va tadbirkorlik faoliyatingizni samarali boshqarish imkonini beradi.

Savdoni boshqarish dasturi tizimli ravishda yangilanadi va yangi funksiyalarni qo‘shadi, shuning uchun u kichik va o‘rta biznes ehtiyojlari uchun mos keladi.

Dastur savdo va inventar haqida statistik ma’lumotlarni taqdim etadi. Bu kelajakdagi xaridlarni yanada oqilona rejalashtirish imkonini beradi. Hisob fakturalarni yuklab olish, tekshirish yoki tuzatish jarayonini yanada soddalashtiradi.


Do‘konni avtomatlashtiruvchi dastur nafaqat qulay, balki u bilan ishlash oson. Menejer kabinetidan siz bir emas, balki bir nechta filiallaringizdagi sotuvlar, xaridlar, tovar-moddiy zaxiralar, yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar, yuridik shaxsga sotishni va ishlab chiqarishni boshqarishingiz mumkin. Optimo hisobotlar va tahlillarni doimiy kuzatish imkonini beradi va menejerga biznesni rivojlantirishni osonlashtiradi.

Optimo`ni savdo obyektingizga o‘rnatganingizdan so‘ng Optimo jamoasi dasturiy ta’minotdan qanday foydalanishni to‘liq o‘rgatadi va biron-bir muammo bo‘lsa, yordam beradigan doimiy qo‘llab-quvvatlash menejeri ajratiladi.

Optimo qanday biznes turlariga kerak?

Savdoni boshqarish dasturi barcha turdagi do‘konlar va umumiy ovqatlanish joylari, kafelar, barlar, qandolatchilik, oziq-ovqat, zargarlik, turli aksessuar, avto ehtiyot qismlar kabi do‘konlar uchun mos keladi.

14 kun davomida do‘konlar uchun dastur bilan bepul tanishishingiz va foydalanishingiz mumkin. Keyin esa oyiga 280 ming so‘mdan boshlab to‘lov qilib, Optomo`ning cheksiz imkoniyatlaridan bahramand bo‘lish mumkin.

Optimo.uz saytiga tashrif buyurib, demo so‘rov qoldirishingiz mumkin, Optimo vakillari siz bilan bog‘lanib, savollaringizning barchasiga javob bera oladi.

Telefon: (+998) 71−205−12−22.

Instagram: @optimo_uz
Telegram: t.me/optimo_uz

Reklama huquqlari asosida.