Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mart oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori holati bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik fevral oyida biroz oshganidan so‘ng mart oyida sezilarli pasayish qayd etildi.

Oy davomida ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bo‘yicha 17,8 mingta shartnoma tuzildi, bu fevral oyiga nisbatan 20 foizga kam.

Infografika: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziInfografika: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

2024-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozori o‘tgan yilga nisbatan biroz o‘sgan (0,3 foiz). 2022-yilning I choragiga nisbatan 3 foizlik o‘sish qayd etilgan.

Hududlar kesimida

Hududlar bo‘yicha ko‘chmas mulk bozoridagi faollikning eng keskin pasayishi Namangan (27 foiz) va Farg‘ona (28 foiz) viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (26 foiz) qayd etildi.

Ko‘chmas mulk bozorining qariyb 28 foizi ulushi Toshkent shahri hissasisiga to‘g‘ri keldi, mart oyida poytaxtda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni 5,34 mingtani tashkil etdi, bu fevral oyiga nisbatan 20,7 foizga kam.

Toshkentdagi uy-joy ijara bozori

Mart oyida poytaxtning uy-joy ijara bozorida xaridorlarning faolligi 2,2 foizga kamaydi va 1 kvadrat metr uchun ijara narxi o‘rtacha 8,6 dollarni tashkil etdi. Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida ijara narxi yuqoriligicha qolmoqda, bu hududlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun 10,6 dollarni tashkil etadi. Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida uy-joy ijarasi uchun nisbatan arzon narxlar saqlanib qolmoqda, bu hududlarda o‘rtacha ijara narxi bir kvadrat metr uchun 6,7 dollarni tashkil qiladi.

Shu bilan birga, 2023-yilning mart oyiga nisbatan Toshkent shahrida ijara bozori 5,2 foizga qisqargan. Narxlarning eng tez pasayishi qayd etilgan tumanlar esa Yashnobod (10,3 foiz), Mirobod (10,9 foiz) va Yakkasaroy (13,3 foiz) bo‘ldi.

Ikkilamchi uy-joy bozori

Mart oyida ikkilamchi uy-joy bozori 0,5 foizga o‘sdi (fevralda 0,8 foizga o‘sgandi). Yillik shartlarda ikkilamchi bozor narxlari 14,1 foizga oshdi. Toshkent shahri (24,8 foiz), Buxoro (25,1 foiz) va Xorazm viloyatlarida (20,1 foiz) sezilarli o‘sish qayd etildi. Poytaxtda ikkilamchi uy-joy narxlarining o‘sishi ham sekinlashdi. Agar mart oyida Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 0,2 foizga oshgan bo‘lsa, fevral oyida o‘sish 1,6 foiz bo‘lgandi. Narx o‘sishining eng yuqori sur’atlari Bektemir (3,3 foiz), Olmazor (1,8 foiz) va Sergeli (1,8 foiz) tumanlarida qayd etildi.

иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, ko‘chmas mulk bozori

Umuman olganda, yil davomida poytaxtdagi ikkilamchi uy-joy bozori 14,3 foizga o‘sdi.