2022-yil avgust oyida Qozog‘istonda yashovchi Andrey og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan, u yerda shifokorlar umid bermaydigan tashxis qo‘yishgan — metastazlar havfi bo‘lgan miya shishi. Shifokorlar yaxshi vaziyatda bemorning uch hafta umri kolganini taxmin qilishgan.

anadolu, реклама

“Shifokorlar aniq tashxis qo‘yishda qiynalishdi, ammo erimning o‘zini yaxshi his qilmayotgani aniq edi. U kasalxonada bo‘lganida, men va mening oilam shifokorlar uning yomon ahvolining sababini aniqlashlari uchun boshqa davolash usullarini izlay boshladik. Katta qizimiz qarindoshlarimizdan biri bir paytlar Anadolu klinikasida davolanish va reabilitatsiyadan o‘tganini bilib oldi. Biz bir soniyani boy bermaslikka qaror qildik va darhol turk shifokorlari bilan bog‘landik. Ertasi kuni shifokorlar tavsiyalar va Andrey klinikaga kelguniga qadar qabul qilinishi kerak bo‘lgan dori-darmonlar ro‘yxatini yuborishdi”, — dedi Andreyning rafiqasi Irina.

anadolu, реклама

Keyin bemorning oilasi xorijlik mutaxassislarning tavsiyalariga amal qilib, Turkiyaga davolanishga borishga qaror qildi. Irina Andreyga uning ahvoli og‘irligini aytmay, oila oddiy tekshiruv uchun chet elga uchayotgani haqida xabar berdi. Kasalxona xodimlari bemor va uning qarindoshlari uchun transferni tashkil qilishdi. Turkiyaga kelganida, Andrey o‘zining tashxisi — onkologiya ekanligini bildi. Avvalo, bemor onkologlarga ko‘rikdan o‘tkazish uchun yuborildi, u yerda testlar natijalari tashxisni tasdiqladi. Shifokorlar darhol davolashni boshladilar.

anadolu, реклама

“Ma’naviy jihatdan bu juda qiyin edi. Bir zumda odatiy hayotimiz ostin-ustun bo‘ldi. Shifokorlarning xulosasini qabul qilish qiyin, endi nima qilish kerakligi noma’lum edi. Ammo Anadolu`da hammasi shu qadar yaxshi bo‘lib chiqdiki, faqat professionallarga ishonish va davolanishni boshlash qolgandi”, — deya ta’kidladi bemorning rafiqasi Irina.

anadolu, реклама

Shifoxona xodimlari birinchi navbatda zamonaviy texnologiya bo‘lgan kiberpichoq yordamida uchta operatsiyani bajarishdi. Har bir operatsiya bir soat davom etdi. Aralashuvlar uch kun davomida amalga oshirildi. Keyinchalik bemorga kimyoterapiya va immunoterapiya buyurildi. Jami davolanish muddati bir yildan ortiq davom etdi.

“Men kundan-kunga ahvolim yaxshilanayotganini his qildim. Normal vaznga qaytdim, og‘riq yo‘qoldi. Biz asta-sekin normal hayotga qayta boshladik”, — dedi Andrey ismli klinika bemori.

Bir oylik davolanishdan so‘ng Andrey va uning oilasi uyga qaytib, turk onkologlarining tavsiyalariga binoan davolanishni uyda davom ettirdi. Anadolu mutaxassislari hatto masofadan turib ham bemorni to‘liq nazorat ostida ushlab turishdi va Andreyning ahvoli va terapiyaning salbiy ta’sirini kuzatib borishdi. Bemorning oilasi klinika tomonidan o‘zlariga bo‘lgan iliqlik va katta e’tiborni his qilib turishganini aytishdi.

anadolu, реклама

Bir muncha vaqt o‘tgach Andrey yana Turkiyada ko‘rikdan o‘tdi. Kasallik tarixi shuni ko‘rsatdiki, bir oydan kamroq umri qolgan deb tahmin qilingan bemor endi remissiya holatiga keldi. Anadolu tibbiyot markazi onkologi professor Bulent Karag‘oz ta’kidlaganidek, qabul paytida unga berilgan umidsiz tashxisga qaramay, kasallik remissiyada saqlanishi mumkin.

“Bemor markazimizga birinchi marta 2022-yil avgust oyida asosiy kasallikning og‘ir belgilari bilan kelgan. Tekshiruv davomida miyada shish belgilari bilan bir nechta metastazlar, mediastinning limfa tugunlari va qorin bo‘shlig‘i limfa tugunlarining o‘sma lezyonlari, o‘ng o‘pkaning pastki lobida shakllanishi aniqlandi. Batafsil immunogistokimyoviy va molekulyar genetik tadqiqotlar immunoterapiyani o‘z ichiga olgan zamonaviy protokol yordamida tizimli davolanishni boshlash imkonini berdi. 2023-yilning noyabr oyida o‘tkazilgan PET-KT va miya MRT ma’lumotlariga ko‘ra, rivojlanish belgilari aniqlanmadi”, — deya ta’kidladi professor.

anadolu, реклама

Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, endi bemor uch oydan keyin kuzatuv tekshiruvidan o‘tishi kerak bo‘ladi. Batafsil quyidagi havola orqali videoda ko‘rishingiz mumkin.

O‘zbekistonlik bemorlar kasalliklari bo‘yicha bepul maslahat olishlari va Anadolu mutaxassislariga savollar berishlari mumkin.

Anadolu shifoxonasining O‘zbekistondagi rasmiy vakolatxonasi manzili: Rakat ko‘ch., 10/25.

Telefonlar: (+998) 90−114−46−66, (+998) 78−122−23−33, (+905) 30−954−30−22.

E-mail: Anadolu.tashkent@anadolusaglik.org
Sayt: anadolumedicalcenter.ru

Reklama huqulari asosida.