Avtomobillarning benzinli dvigatellari atmosferaga zararli moddalar chiqaradi. Yevropa ittifoqi sayyorani himoya qilish va havo sifatini yaxshilash maqsadida Euro-5 va Euro-6 kabi qat’iy avtomobil standartlarini ishlab chiqqan. Chery avtomobillari chiqindilar chiqarilishini kamaytirilishi orqali atmosferaning ifloslanishini kamaytirishga va havo sifatini yaxshilashga yordam beradilar.

Euro-5 yangi avtomobillar, jumladan, yengil avtomobillar, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun chiqindi gazlar chiqarilishi bo‘yicha chegaraviy qiymatlarni belgilab beradi. Uning asosiy maqsadi azot oksidlari (NOx) chiqarilishini kamaytirishdir. Euro-6 esa, o‘z navbatida, zararli moddalar chiqarilishi bo‘yicha yanada qattiqroq talablarni belgilaydi. Ushbu standartga javob beradigan yangi avtomobillar, azot oksidi (NOx) va uglevodorodlar (HC) chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirishi zarur. Bunda chiqindi gazlarni katalizatorlar yordamida tozalash tizimlari kabi yangi texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi.

chery, рекlама

Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi xaridorlarga Chery`ning Euro-5 ekologik sinfiga mansub bo‘lgan — Arrizo 6 Pro (1,5 l) va Tiggo 8 Pro (1,6 l) benzinli avtomobillarini, hamda Euro-6 ekologik sinfiga mansub — Tiggo 7 Pro (1,5 l) va Tiggo 8 Pro Max (2,0 l) avtomobillarini taqdim etadi. Ushbu modellar yonilg‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri silindrlarga purkalishi va oraliq sovitilishli turbojadallashtirgichlar bilan jihozlanganlar.

chery, рекlама

Biroq, ekologik standartlarni qo‘llash nafaqat avtomobil ishlab chiqaruvchilardan, balki avtomobil sohiblarining o‘zlaridan ham sa’y-harakatlarni talab qiladi. Avtomobilingizning holatini kuzatish, texnik xizmat ko‘rsatilishdan muntazam ravishda o‘tkazish va yuqori sifatli yoqilg‘idan foydalanish o‘ta muhimdir.

Shunday qilib, Euro-5 va Euro-6 ekologik standartlari atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashning ajralmas qismidir. Ular barcha uchun tozaroq va sog‘lom kelajak yaratishga yordamlashadilar. Shu sababdan, avtomobil tanlashda, uning ushbu standartlarga muvofiqligiga e’tibor qaratishni unutmagan ma’qul.

chery, рекlама

Chery Uzbekistan dilerlik markazlari mavjud avtomobil modellarini sinash uchun imkoniyatni taqdim etadilar. Test-drayv o‘tkazish uchun talabnomani o‘zingizga qulay bo‘lgan usulda: ishonch tezkor axborot liniyasi telefoni orqali, saytdagi shaklni to‘ldirish yoki Telegram-boti orqali ariza qoldirish kifoya.

Telefon: (+998) 71−276−55−55.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: t.me/cheryuzbekistanbot
YouTube: Chery Uzbekistan

Reklama huquqlari asosida.