“Samarqand” YPX maskanida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan to‘xtatilgan yuk mashinasi yukxonasidan uch tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht topildi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

20 yoshli haydovchi Buxorodan Toshkentga ketayotgan bo‘lgan.

Tashish qoidalariga zid holda saqlab kelinayotgan 3 tonna tovuq go‘shti tekshirish uchun laboratoriyaga jo‘natildi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, mahsulotlar iste’molga yaroqsiz deb topildi. Qoidabuzarga javobgarlik belgilandi.