Uzum Market milliy marketpleysi omborga jo‘natishni tadbirkorlar va kompaniyalar uchun qulayroq qilish uchun mamlakat bo‘ylab yana 32 ta tarqatish punktlarida tovarlarni qabul qilishni boshladi. Xozirgi kunda tadbirkorlar O‘zbekistonning barcha hududlaridagi 34 ta aholi punktlarida tovarlarni sotish uchun topshirishlari mumkin.

Tovarlarni tarqatish punktlarida va kross-doking omborlarida topshirsa bo‘ladi. Shunda, tarqatish punktlarida jo‘natish uchun tovarlarning hajmi va vazni cheklangan bo‘lib, sotuvchilar yirik partiyalar yoki gabaritli tovarlarni Toshkentdagi logistika xabi yoki Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Qarshi va Navoiy shaharlaridagi Uzum Market omborlarining kross-doking hududlaridan biriga olib kelishlari mumkin. Marketpleys logistika xizmati ularni bir kun ichida omborga yetkazib beradi, shundan so‘ng tovarlar Uzum Market saytida va ilovasida paydo bo‘ladi, va ularni butun mamlakat bo‘ylab xaridorlar buyurtma qilishlari mumkin bo‘ladi.

“Biz yirik kompaniyalarga ham, biznesda birinchi qadamlarini qo‘ygan tadbirkorlarga ham teng imkoniyatlar beramiz. Hozirda siz bizning platformamizda sotish uchun tovarlarni butun mamlakat bo‘ylab 34 ta aholi punktlarida topshirishingiz mumkin, ya’ni sotuvchilar logistika kompaniyalarini izlashlari yoki tovarlarni o‘zlari omborga olib borishlari shart emas. Albatta, bu, ayniqsa, o‘zi ishlab chiqarish yoki sotib olishdan tortib to qadoqlash va tovarlarni ilgari surishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar bilan shug‘ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar va kichik biznes uchun qulaydir. Jismoniy infratuzilmaning rivojlanishi va sotuvchilar uchun yangi servislarning ishga tushirilishi bilan biz ko‘proq tadbirkorlik tashvishlarini o‘z zimmamizga olish imkoniyatiga ega bo‘lamiz, ya’ni biznesni yuritish va rivojlantirishni osonlashtira olamiz”, — dedi Uzum Market operatsion direktori Semyon Pichugin.

Bugungi kunda Uzum Market milliy marketpleysida 8000 dan ortiq tadbirkor va kompaniyalar o‘z tovarlarini sotmoqda. Uzum Market buyurtma tarqatish punktlari va kurer orqali yetkazib berish mamlakatning 72 ta aholi punktlarida mavjud bo‘lib, 2024-yil oxiriga kelib milliy marketpleys 10 mingdan ortiq aholisi bo‘lgan mamlakatning barcha shahar va qishloqlarini qamrab olib, buyurtma tarqatish punktlari tarmog‘ini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

Facebook: fb.com/uzummarket
Instagram: @uzum.market
Telegram: t.me/uzum_market

Reklama huquqlari asosida.