Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritishga uringan shaxslarni aniqladi.

Xususan, Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Sh. B. jami 4000 AQSh dollarini fuqaro Z.D.ga 49,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, departamentning Guliston tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan I.R. jami 3800 AQSh dollarini fuqaro O‘.A.ga 47,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.A. fuqaro Q.R.dan 3200 AQSh dollarini sotib olish uchun 220 ming Rossiya rubli va 8,6 mln so‘m bergan vaqtida ushlanib, uning yonidan yana 15 ming Rossiya rubli va 2,1 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departamentning Shovot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan J.D. jami 4 000 AQSh dollarini fuqaro O.A.dan 49,2 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan J.O. jami 3 000 AQSh dollarini 37,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.